Savollar
Andoza qanday formatda bo‘ladi?
Ikki PDF fayl: A4 varaqlarda uyda chop etish uchun (yig‘ish sxemasi va 10×10 sm nazorat kvadrati bilan) va plotter uchun bitta katta varaq (84 sm rulon). Barcha o‘lchamlar bitta andozada, har biri o‘z chizig‘i bilan.
Chok haqi qo‘shilganmi?
Ha, andozalarda chok haqi bor.
To‘lovdan keyin faylni qayerdan olaman?
To‘lovdan so‘ng darhol buyurtma sahifasi ochiladi — u yerda «Yuklab olish» tugmasi bor. Sahifa havolasini saqlab qo‘ying.
Qanday to‘lash mumkin?
Click orqali — Uzcard yoki Humo kartasi bilan.